"Nyukasl" afsonasi transferlar oynasida klubga qanday futbolchilar kerakligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

"Nyukasl" klubining afsonaviy futbolchisi Alan Shirer yanvar oyidagi transferlar oynasi haqida gapirdi. U "Nyukasl"ning bu davrdagi bo'lajak xaridlari haqida shunday deydi:
"Men qishda klubdan bir nechta yaxshi transferlarni kutmoqdaman. Agar bu ish amalga oshmasa, "Nyukasl"ning APLda qolishi qiyinlashib ketadi. Menimcha, bu jamoaga kelib o'zini ko'rsatishni istaydigan futbolchilar etarlicha topiladi. Jamoning ayni damdagi himoyasi juda ham achinarli ahvolda. Klubga bitta yoki ikkta yaxshi saviyadagi himoyachilar zarur. Shuningdek, kreativ yarim himoya vakili ham. O'ylashimcha, hujum, yarim himoya va himoya uchun bittadan yangi futbolchi olinsa, ahvol o'nglanishi mumkin".
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198