Belgradda yana bir sensatsiya. Kubalik 3 karra jahon chempioni musobaqadan chiqib ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

Serbiyadagi boks bo'yicha jahon chempionatida yana bir sensatsiya ro'y berdi. Kubalik 3 karra jahon chempioni Lasaro Alvares ilk jangdayoq mag'lubiyat alamini tortdi.
60 kg. vaznda ishtirok etayotgan Alvares 1/32 final bosqichida yaponiyalik Xayato Tsutsumiga qarshi ringga ko'tarildi. Yapon bokschisi kuchli zarbalar orqali bir necha marta raqibini qiyin ahvolga tushirib qo'ydi. Ammo hakam nokdaun qayd etmadi. Shunga qaramay, hakamlarning baholari evazimi Tsutsumi g'alaba qozondi — 5:0 (29:28, 29:28, 29:28, 29:28, 29:28).
Avvalroq kubalik 2 karra olimpiada chempioni Ronel Iglesias (71 kg) ham o'z ishtirokini yakunlagandi. Eslatib o'tamiz, Kuba delegatsiyasi ushbu JChda 8 nafar sportchi bilan tashrif buyurgan.

Bosh sahifaga
172