Sulsherga vaziyatni o'nglash uchun 3ta o'yin berildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherga so'nggi imkoniyatni berishga qaror qildi.
"The Telegraph" tarqatgan xabarga ko'ra, norvegiyalik mutaxassisga vaziyatni o'nglash uchun 3ta o'yin berildi. "MYu" navbatdagi uchrashuvlarni "Tottenxem" (30 oktyabr), "Atalanta" (2 noyabr) va "Manchester Siti" (6 noyabr)ga qarshi o'tkazadi.
Agar jamoa ushbu o'yinlarning birortasida sharmandali tarzda mag'lubiyatga uchraydigan bo'lsa, Sulsher yanada ertaroq iste'foga chiqarilishi mumkin.
Murabbiyning iste'fosi keyinroqqa surilgan bo'lsa-da, klub yangi bosh murabbiy izlashni davom ettiradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
188