Pogba nechta o'yinga diskvalifikatsiya qilingani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba Angliya chempionatining 9-turida bo'lib o'tgan "Liverpul"ga qarshi bahsda (0:5) maydondan chetlatilgandi.
Frantsiyalik futbolchi ikkinchi bo'lim boshida maydonga tushdi va oradan 14 daqiqa o'tib Nabi Keytaga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun qizil kartochka oldi. Hakam dastlab sariq kartochka ko'rsatgan bo'lsa, videotakrorni tomosha qilgach, o'z qarorini "qizil"ga almashtirdi.
APL tartib-intizom qo'mitasi ushbu chetlatish sabab Pogbani 3ta o'yinga diskvalifikatsiya qilish haqida qaror chiqardi. Shu tariqa, u "Tottenxem", "Manchester Siti" va "Uotford"ga qarshi bahslarni o'tkazib yuboradi.
Pogba Angliya chempionatining joriy mavsumida 9ta o'yinda ishtirok etib, "gol+pas" tizimi bo'yicha 7 ball to'pladi.

Bosh sahifaga
187