«MYu» futbolchilari Sulsherning iste'fosiga qarshi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

«Manchester Yunayted» o'yinchilari bosh murabbiy Ule-Gunnar Sulsherning iste'fosiga qarshi emas. Bu haqda "The Independent" nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, futbolchilar va murabbiy o'rtasidagi munosabatlar joyida, ammo rahbariyat mutaxassisni iste'foga chiqaradigan bo'lsa, o'yinchilar ushbu qarorni qo'llab-quvvatlashadi.
Futbolchilarning fikricha, so'nggi o'yinlardagi muvaffaqiyatsizliklarga taktik xatolar sabab bo'lgan. O'yinchilar o'z sha'niga bo'layotgan tanqidlarni asossiz deya hisoblashmoqda. Shu bois, jamoaning ichida yangi murabbiyni olib kelish borasida muhokama kechmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195