"Chelsi"ning birato'la uch futbolchisi safga qaytadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

"Chelsi" ustozi jamoa tarkibi bilan bog'liq muammolar haqida gapirdi. U bir necha futbolchilar "Nyukasl"ga qarshi bahs uchun tayyor bo'lishini bildirdi:
"Umid qilamanki, Aspilikueta hafta yakunigacha safimizga qaytadi. Unda elkasi bilan bog'liq muammo bor edi. Uning jarohati engil bo'lib chiqdi va bu bizning baxtimiz. Ruben(Loftus-Chik)da esa son qismidan orttirilgan jarohat bor. U ham shanba kunigacha tiklanadi. Kristensen biz uchun muhim. Ammo u tishidan operatsiya qilindi. Agar ortiqcha muammo bo'lmasa uni ham payshanba kungi mashg'ulotlarimizda ko'raman degan umiddaman".
Shunday bo'lsada, "aristokratlar" ikkita hujumchisi: Lukaku va vernerdan ma'lum muddatga ayrilgan. Ularning har ikkisida jarohat mavjud.
Manba: futaa.com
Bosh sahifaga
391