O'zbekiston delegatsiyasi Do'smatov - Bibosinov jangi bo'yicha apellyatsiya berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

Boks bo'yicha O'zbekiston delegatsiyasi Jahon chempionatida kecha bo'lib o'tgan Hasanboy Do'smatov va Saken Bibosinov o'rtasidagi jang yuzasidan apellyatsiya berdi. Bu haqda sports.kz sayti «Qazsport» telekanali sharhlovchisiga asoslanib xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, AIBA apellyatsiya yuzasidan tekshiruv o'tkazgan. Janglarni asosiy besh hakamdan tashqari mustaqil hakamlar ham baholab borishmoqda. Ular jangni qayta ko'rib chiqib, qayd etilgan natijani o'z kuchida qoldirishdi. Shu bois, Saken Bibosinov o'z ishtirokini davom ettiradigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, hakamlarning bahosi bo'yicha Hasanboy 0:5 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
391