"Real" futbolchisining bugungi bahs uchun tayyorligi aytildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

"Real" hujumchisi Eden Azar bugun tunda bo'lib o'tadigan "Osasuna"ga qarshi bahsga tayyor bo'ladi. Bu haqda Karlo Anchelotti ma'lum qildi.
U o'z nutqida shunday deydi: "Azar bilan hozir hammasi joyida. U bahsga tayyor. Ammo muammo unda ayni damda boshqa futbolchilarni afzal ko'rayotgan murabbiyning borligidir. Ammo muhimi bu emas. Muhimi Azar qattiq harakat qilishi lozim. Shundagina, u yana maydonga qayta oladi. U esa buni bajarmoqda. Ba'zida murabbiylar boshqa futbolchini tanlaydi. Bu tabiiy holat. Hammasi jamoa manfaati uchun qilinadi".
Bu mavsumda 30 yoshli belgiyalik 5 marta asosiy tarkibdan joy olgan, xolos.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
361