Konte «Manchester Yunayted»ga kelsa, sobiq shogirdini jamoaga taklif qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 284

The Sun nashri xabariga ko'ra, Antonio Konte Ole-Gunnar Sulsher o'rniga «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligiga asosiy da'vogar sifatida ko'rilmoqda.
Agar norvegiyalik mutaxassis istefoga chiqarilsa, Konte yangi ish joyidagi birinchi transfer maqsadi ma'lum bo'ldi.
Manba bergan xabarga ko'ra, italiyalik murabbiy «Inter» himoyachisi Stefan de Vreyni sotib olmoqchi. To'g'ri, «neradzurrilar» asosiy futbolchini qishda qo'yib yuborishni rejalashtirmayapti.
Joriy mavsum doirasida de Vrey 12 ta uchrashuv o'tkazdi va 1 ta gol urdi. Gollandiyalik futbolchi 50 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
354