Ten Xag «Nyukasl Yunayted» taklifini rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

«Nyukasl Yunayted» rahbariyati «Ayaks» bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan bog'landi. «Qarg'alar» o'z loyihasini boshqarish uchun ushbu mutaxassisni jamoaga taklif qilishmoqchi, hamda gollandiyalik murabbiyga bir mavsum uchun 6 million evro to'lashga tayyor edi.
Ten Xag Premer-ligadan tushib ketish arafasida turgan klubni boshqarishdan bosh tortdi.
Erik «Ayaks»dan mamnun va Gollandiya chempionati oltin medallari uchun kurashda davom etmoqchi.
«Nyukasl» jamoasini qabul qila oladigan va unga Angliya Premer-ligasidagi o'rnini saqlab qolishga yordam beradigan murabbiy qidirishni davom ettirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
430