Bellingem uchun super narx belgilandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

Dortmundning «Borussiya» klubi Evropaning top jamoalari qiziqish bildirayotgan yarimhimoyachisi Jud Bellingemga narx belgiladi. Anfield Watch nashrining tvitterdagi sahifasida tarqalgan xabarga ko'ra, «asalarilar» iqtidorli vingerni 120 million evro taklif qilsagina, qo'yib yuborishini ma'lum qilgan.
Oldinroq Bellingemga «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Liverpul»dan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Jud 9 o'yinda ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Uning dortmundliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
174