«Tottenxem» amalga oshirgan eng qimmat transferlar (top-10)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 181

Angliya futboli tarixida ko'plab trasferlar amalga oshirilgan. Londonning «Tottenxem» klubi ham o'z tarixida ko'plab xaridlarni amalga oshirgan. «Stadion.uz» nashri «shporlar» tarixida amalga oshirilgan eng qimmat trasferlar haqida to'xtalib o'tadi.
10. Rayan Sessenon ⇦ «Fulxem», 27 million evro;

Rayan Sessenonning transferi reytingni ochadi. Ikki yil avval «shporlar» Rayan uchun kechgan kurashda Premer-liganing gigantlarini ortda qoldirib, «Fulxem» futbolchisini sotib oldi. Transfer «Tottenxem»ga 27 million evroga tushdi. Klub 21 yoshli ingliz futbolchisi bilan 6 yillik shartnoma imzoladi. Hozirda, Rayan Germaniyaning «Xoffenxaym» klubida ijara asosida to'p tepmoqda.
9. Lukas Moura ⇦ «PSJ», 28 million evro;

To'qqizinchi o'rinda Lukas Mourning 28 million evrodan sal ko'proq summaga amalga oshgan transfer joy oldi. Braziliyalik futbolchi uch yil avval Parijdan Shimoliy Londonga ko'chib o'tgandi. «PSJ»da o'yin amaliyotidan mahrum bo'lgan Moura tezda «Tottenxem»ga moslashdi va hozir jamoa etakchilaridan biri. Ayniqsa, uning 2018/19 yilgi UEFA Chempionlar ligasi yarim final bosqichidagi o'yinini ta'kidlab o'tish kerak. O'shanda Lukas «Ayaks» bilan kechgan uchrashuvda xet-trik qayd etib, jamoasini irodali g'alaba qozonishiga, hamda finalga chiqishiga yordam bergan.
8. Son Xin Min ⇦ «Bayer», 30 million evro;

Ushbu xaridni klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli transferlardan biri deyish mumkin. «Shporlar» 2015 yilning avgust oyida o'z safiga Janubiy Koreya terma jamoasi a'zosini qo'shib olgan. «Tottenxem» «Bayer» hujumchisi Son Xin Minni 30 million evro evaziga sotib oldi. Koreyalik tezda Londonga moslashdi va jamoa etakchilaridan biriga aylandi. Klubdagi besh yillik faoliyatidan so'ng, Son 107 gol bilan «Tottenxem» tarixidagi eng ko'p gol urgan beshta to'purarlaridan biri hisoblanadi.
7. Erik Lamela ⇦ «Roma», 30 million evro;

Erik Lamela — «Tottenxem»dagi ettinchi eng qimmat transfer. «Shporlar» argentinalik futbolchini 2013 yilning yozida «Roma»dan 30 million evro evaziga o'z safiga qo'shib olgandi. Lamela «Tottenxem»ga potentsial superyulduz sifatida ko'chib o'tdi, trasfer paytida u 20 yoshda edi, ammo u hali Tumanli Albionda yorqin karerasini qura olmadi.
6. Roberto Soldado ⇦ «Valensiya», 30 million evro;

Hujumchi Roberto Soldado faoliyatining ma'lum davrini Londonda o'tkazdi. 2013 yilning avgustida «shporlar» Soldadoni «Valensiya»dan 30 millionga sotib olgan bo'lsa, roppa-rosa ikki yildan so'ng «Vilyarreal»ga 16 millionga sotdi. Afsuski, Soldado «shporlar» tarkibida o'z o'rnini topa olmadi.
76 uchrashuv, 16 gol, 11 golli uzatma.
5. Stiven Bergveyn ⇦ PSV, 30 million evro;

Beshinchi o'rinda «Tottenxem» sotib olgan yan bir iqtidor Stiv Bergveyn joylashgan. PSV va Gollandiya terma jamoasining 23 yoshli vingeri uchun londonliklar 30 million evro to'lashdi, bu uning haqiqiy qiymatidan 5 million evroga kam. Bergveyn 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. Futbolchi hozirgacha Angliya Premer ligasi doirasida 30 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol muallifiga aylangan.
4. Musa Sissoko ⇦ «Nyukasl Yunayted» 35 million evro;

2016 yil yozining so'nggi kunida «Tottenxem» «Nyukasl Yunayted» markaziy yarimhimoyachisi Mussa Sissoko bilan shartnoma imzoladi va «shporlar» bu transfer uchun 35 million evro to'ladi. Sissokoning transferini muvaffaqiyatli deb hisoblash mumkin, uch yarim yil davomida frantsiyalik futbolchi «Tottenxem» bilan 150dn ortiq o'yin o'tkazgan. Ammo, joriy mavsum avvalida klub bilan yuzaga kelgan muammolar sabab, frantsuz futbolchisi boshqa jamoaga qaytishga majbur bo'ldi. Musaning yangi jamoasi — «Uotford». Ma'lum bo'lishicha, London klubi bu transferdan 2,5 milliona funt foyda ko'rgan.
3. Davinson Sanches ⇦ «Ayaks», 40 million evro;

Kolumbiyalik Davinson Sanches «Tottenxem» tarixidagi eng qimmat xaridlar reytingida uchinchi o'rinni egallab turibdi. 2017 yilning avgustida «shporlar» bu futbolchi uchun «Ayaks»ga 40 million evro to'lagan. Sanches «Tottenxem» safida to'rt yil davomida 100 dan ortiq o'yin o'tkazdi. U hozirda Premer-ligadagi eng qimmat markaziy himoyachilardan biri hisoblanadi. Uning trasfer summasi 32 million evroni tashkil qiladi.
2. Jovanni Lo Chelso ⇦ «Betis», 48 million evro;

Argentinalik yarimhimoyachi Jovanni Lo Chelso ro'yxatimizning ikkinchi o'rnidan joy oldi. O'tgan yozda «Tottenxem» Lo Chelsoni «Betis»dan 16 million evroga ijaraga oldi va olti oydan so'ng to'liq shartnomasini sotib olish optsiyasidan foydalandi. Umuman olganda, argentinalik «shporlar»ga 48 million evroga tushdi.
1. Tangi Ndombele ⇦ «Lion», 60 million evro;

«Tottenxem» 2019 yilning yozida o'z tarixidagi eng qimmat xaridni amalga oshirdi. «Shporlar» «Lion» klubi tayanch yarimhimoyachisi Tangi Ndombeleni 60 million evro evaziga sotib oldi. Ndombelening transferi hali o'zini oqlagani yo'q: jarohatlar doimiy ravishda takrorlanishi tufayli frantsiyalik futbolchi asosiy tarkibda mustahkam o'rin ola olmayapti.
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.
Manba: Stadion.uz
Bosh sahifaga
212