Universal jangchilarimiz jahon chempionatida 5 ta oltin medalni qo'lga kiritishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97

Italiya poytaxti Rimda universal jang bo'yicha «Xtreme & Fighters Championship» tasnifiga kiruvchi jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.
E'tiborlisi, to'liq tarkib bilan ishtirok etayotgan o'zbekistonlik sportchilar musobaqada 5 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Yashnarbek Zokirbekov bosh murabbiyligida ishtirok etgan universal jangchilarimizdan Nuruddin Dolimov, Muhammadali Naimjonov, Muhammad Muhammadov, Muhammadamin Norov va Abdulboriy Abdulxamitov o'z vaznida jahonda tengsiz eknliklarini isbotlashdi.
Shuningdek, yarim finalga qadar barcha raqiblarini tiz cho'ktirgan Otabek Muhammadovga final yo'lidagi jangda biroz omad etishmadi va bronza medalini qo'lga kiritdi.
Ma'lumot uchun, jahon chempionati ertaga 28 oktyabr kuni o'z yakuniga etadi.

Bosh sahifaga
217