Sport kurashlari: Serbiyada o'tkaziladigan jahon chempionatiga boruvchi termamiz tarkibi aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

Joriy yilning 1 noyabr kuni Serbiyaning Belgrad shahrida yunon-rum va erkin kurash bo'yicha 23 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida jahon chempionati boshlanadi.
Nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi vakillari ham to'liq tarkib bilan ishtirok etishadi.
Yunon-rum kurashi bo'yicha terma jamoa tarkibi: Asliddin Xudoyberdiev, Ixtiyor Botirov, Mahmud Baxshilloev, Muhmmadqodir Yusupov, Kamol Qo'ziev, Jamol Jumaboev, Muhammadqodir Rasulov, Dilshod Omongeldiev. Bosh murabbiy Ravshan Ro'ziqulov.
Erkin kurash bo'yicha terma jamoa tarkibi: Abbos Raxmonov, Asomiddin Xasanov, Sardor Ro'zimov, Arslan Raximov, Otabek Salomov, Bobur Islomov, Rustam Shodiev, Begijon Kuldashev, Namoz Abdurashidov. Bosh murabbiy Olimjon Hikmatov, murabbiy Aziz Ulaxunov.
Shuningdek, musobaqada ikki nafar o'zbekiston hakamlar ham ishtirok etishadi: Eshpo'lat Xidoyatov va G'ayratulla Abdullaev.
Hozirda terma jamoamiz tarkibi Toshkent shahrida maxsus dastur bo'yicha so'nggi mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.
Manba: minsport.uz
Bosh sahifaga
217