Anchelotti: «Azar ko'p jarohat olgani uchun «Real»da yulduz maqomiga ega emas»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa havbeki Eden Azar haqida fikr bildirdi.
«U 4-3-3 sxemasida chap qanotda yoki 4-4-2da hujumchi ortida o'ynay oladi. U maydonga tushishga tayyor, ammo murabbiy boshqa o'yinchilarni afzal ko'rmoqda.Eden jamoada yulduz maqomiga ega emas, chunki jarohatlar tufayli ko'plab o'yinlarni o'tkazib yuborgan. Ammo u asta-sekin yaxshi formaga qaytadi.
Ishonchim komilki, mavsum davomida Azarning eng yaxshi variantini ko'ramiz va u avvalgidan ham tez o'ynaydi. Unda hamma narsa bor: mahorat ham, motivatsiya ham. Ammo u sabr-toqatli bo'lishi kerak, chunki murabbiy ba'zan boshqa o'yinchilarni tanlaydi», – deya Anchelottining so'zlarini keltiradi Goal.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216