"Vest Xem" asosiy darvozaboni bilan shartnomani uzaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

"Vest Xem" darvozaboni Lukash Fabyanski klub bilan shartnomasini uzaytirish bo'yicha muzokaralar haqida gapirdi.
“Bilishimcha, bu masalani muhokama qilish allaqachon boshlangan. Umid qilamanki, ikkala tomon uchun ham yaxshi kelishuvga erishamiz. Shartnoma uzaytirilmasligi uchun hech qanday sabab ko'rmayapman. Men ham, klub ham hamkorlikdan mamnunmiz", - deya Fabianski so'zlaridan iqtibos keltirgan "Meczyki" nashri.
2021/22 yilgi mavsumda Fabyanski "Vest Xem" tarkibida 10ta o'yinda maydonga tushdi va 10ta gol o'tkazib yubordi. Shuningdek, 4 quruq uchrashuv o'tkazdi. 36 yoshli polyakning "bolg'achilar" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
377