«Real» va Mbappe o'rtasidagi tuzilajak shartnoma tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 170

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatini «Real»da davom ettirishi aniq bo'ldi.
Jurnalist Janluka Di Martsio tarqatgan xabarga ko'ra, 22 yoshli futbolchi «Real»ga o'tish borasida yakuniy qarorni qabul qilib bo'ldi.
«Madrid» va Mbappe o'rtasidagi tuziladigan shartnoma tayyor, ammo uni fevral oyidan ertaroq imzolash mumkin emas. Frantsiyalik futbolchi kelasi yilning yozida erkin agent sifatida "Santyago Bernabeu"ga ko'chib o'tadi.
Mbappening «PSJ» bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan. Joriy mavsumda u 14ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 8ta assist muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206