Arteta: "Biz ko'p vaziyatlar yaratdik, yaxshiroq va kuchliroq o'ynadik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining Angliya liga kubogi 1/8 finalida "Lids" ustidan qozonilgan g'alabasini (2:0) yuqori baholadi.
"Biz kuchli va qiyin raqibga qarshi yaxshi o'yin o'tkazdik. O'yin qanday o'tishini va nima qilishimiz kerakligini oldindan tushundik va buni to'g'ri amalga oshirdik.
Ular har doimgidek biz uchun ba'zi muammolarni yaratishdi, lekin biz darvozaga ko'p zarba berdik va himoyada ishonchli harakat qilib ko'plab vaziyatlar yaratdik. Tanaffusda ba'zi xatolarni to'g'irladik. Shundan so'ng, yanada yaxshiroq va kuchliroq o'yin o'tkaza oldik", - dedi Arteta.
Manba: Sports.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206