Nagelsmann: "Ernandes qamoqxona haqida o'ylamayapti"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann himoyachi Luka Ernandesning qamoqqa olinishi mumkinligi haqida gapirdi.
“Birinchidan, bu uning shaxsiy ishi. Ispaniya sudida muhokama qilingan barcha tafsilotlarni bilmayman. O'ylaymanki, Luka tarkibga qo'shilishi va men hamma narsani odatdagidek rejalashtirishim mumkin. Bu mening hozirgi pozitsiyam.
Menimcha, u bundan xavotirda yoki o'zini nazorat qilishda qiynalayotgandek tuyulmayapti . So'nggi paytlarda u ajoyib sport formasiga ega. Uning kayfiyati yaxshi va o'ylaymanki, u Gladbaxning “Borussiya”siga qarshi ham yaxshi o'yin o'tkazadi”, — dedi Nagelsmann.
Manba: Sports.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
207