Belgrad-2021. Ja'farov ishonchli g'alabaga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

Belgraddagi boks bo'yicha jahon chempionatining 75 kilo vazn toifasida hamyurtimiz Saidjamshid Ja'farov musobaqadagi ilk jangini o'tkazdi. Unga slovakiyalik Lukas Fernaza raqiblik qildi.
Vatandoshimiz jangni to'liq o'z nazoratida ushlab turdi. U raunddan raundga o'z ustunligini oshirib bordi hamda raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Ja'farovning g'alabasi hakamlarning baholarida ham aks etdi — 30:27, 30:27, 30:26, 30:25, 30:25.
Saidjamshid 1/16 final bosqichida yaponiyalik Yuito Morivakiga qarshi ringga ko'tariladi. Bu jang 30 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
250