Ruben Diash: "Menga motivatsiya uchun sabab kerak emas"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

"Manchester Siti" klubi futbolchisi Ruben Diash nima uchun Angliyadagi eng yaxshi himoyachi nomiga sazovor bo'lgani haqida aytdi. U bu haqda shunday deydi:
"Men juda ham harakatchanman. Menga motivatsiya uchun sabab shart emas. Menga dunyoda borligimning o'zi motivatsiya. Men maydonda qaerda o'ynayotgan bo'lsam, vazifam nima bo'lsa, hammasini eng yaxshi ko'rinishda qilishga harakat qilaman. Men qanday qilib hissiyot bilan o'ynash saboqlarini olganman. Bu hissiyot menda, mening ichimda. Men qilayotgan ishimni sidqidildan bajarishga urinaman. Men futbolni yaxshi ko'raman va maqsadim sari harakatdan to'xtamayman".
Ayni damda "shaharliklar" liga kubogi doirasida "Vest Xem" bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Manba: futaa.com
Bosh sahifaga
210