«Barselona» Dembeleni mashg'ulotlardan chetlatishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 194

"Barselona" klubi rahbariyati hujumchi Usmon Dembele bilan shartnomani uzaytirish borasida ish olib bormoqda. Bu haqda "Marca" nashri xabar tarqatdi.
Kataloniyaliklar futbolchi bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishishga ishonishmoqda. Ammo frantsiyalik o'yinchi bilan kelishuvga erishilmasa, "ko'k-anorranglilar" Usmonga nisbatan chora qo'llashi mumkin.
Jamoa Dembeleni jamoa mashg'ulotlaridan chetlatishi mumkin. Klub Ilaysh Moribaga nisbatan ham shunday chora qo'llagandi.
"Barselona" darhol bunday chora qo'llamoqchi emas, jamoa yanvar oyigacha kutmoqchi. Shunda ham Dembele yangi shartnomaga imzo chekmasa, klub unga nisbatan chora ko'radi.
Eslatib o'tamiz, Usmon Dembelening "Barsa" bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.

Bosh sahifaga
206