Rasman! "Aston Villa"ning ingliz futbolchisi Polsha fuqaroligini qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

"Aston Villa" futbolchisi Metti Kesh Polsha Respublikasi fuqaroligini qabul qildi. U endilikda Polsha terma jamoasida o'ynash imkoniyatiga ega bo'ladi.
Xabar qilinishicha, Kesh Londondagi Polsha elchixonasi binosida hafta yakunida bir necha bor ko'rinish bergan. Bugun esa uning Polsha fuqarolik passportini olgani rasman tasdiqlandi.
O'ng qanot himoyachisi ona tomonidan aslida polshalik hisoblanadi. U endilikda Levandovski jamoasi bilan keyingi oy bo'lib o'tadigan Jahon chempionati saralash bahslarida Andorra hamda Vengriyaga qarshi maydonga tushish imkoniga ega bo'ldi.
Kesh o'tgan yili yozda "Aston Villa"ga qo'shilgan va jamoa tarkibida hozirgacha 38 ta bahsda ishtirok etgan.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
209