Verratti jiddiy jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

"PSJ" yarim himoyachisi Marko Verratti jarohati sabab 4 haftani o'tkazib yuboradi. Frantsiya klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, futbolchining chap oyoq son qismida jarohat aniqlangan.
28 yoshli italiyalik Frantsiya chempionatining 11-turidan o'rin olgan “Marsel”ga qarshi o'yinda (0:0) jarohat oldi.
Veratti Chempionlar Ligasi doirasidagi "PSJ" - "Leyptsig" o'yinini (3 noyabr) va ichki chempionatda kamida 3 uchrashuvni o'tkazib yuborishi aniq.
Shuningdek, futbolchi JCh-2022 saralash turnirining so'nggi o'yinlarida Italiya terma jamoasiga yordam bera olmaydi. Italiyaliklar noyabr oyida Shveytsariya (12 noyabr) va Shimoliy Irlandiya (15 noyabr) bilan o'ynlarda ham qatnasha olmaydi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214