Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev: "Birinchi jang bo'lgani uchun biroz hayajon bo'ldi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

-67 kg vaznli bokschimiz Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev kecha jahon chempionatidagi ilk jangida irlandiyalik raqibini mag'lubiyatga uchratdi.
Bokschimiz ushbu g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
"Shukrki, ilk jangimni g'alaba bilan tugatib oldim. O'zbekistonlik bokschilarning ishtirokini birinchi boshlab berganim uchun biroz hayajon bo'ldi va bu mas'uliyat ekanligini his qilib turgandim. Keyingi bahslarda ushbu hayajon biroz bosiladi va o'z imkoniyatlarimni bundan ham yaxshiroq namoyon etishga harakat qilaman.
Menga yordam bergan va ko'rsatma berib turgan murabbiylarimga rahmat. Qo'llab-quvvatlab turganlardan ham minnatdorman. O'zimga bildirilgan ishonchni maksimal tarzda oqlashga harakat qilaman", - dedi Asadxo'ja.
Manba: O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Bosh sahifaga
335