«PSJ» Mbappeni Vinisiusga almashtirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 194

Todofichajes portalining xabar berishicha, «PSJ» rahbariyati jamoa hujumchisi Kilian Mbappe klubni tark etsa, boshqa rejasini amalga oshiradi. Manba bergan xabarga ko'ra, parijliklar Kilianga o'rinbosar sifatida «Real» hujumchisi Vinisius Juniorni ko'rmoqda.
Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyunigacha mo'ljallangan va futbolchi 50 millionga baholanmoqda.
To'g'ri, «qaymoqranglilar» bunday kelishuvga rozi bo'lmasa kerak, chunki ular Mbappeni yozda tekinga, erkin agent sifatida qo'lga kiritishni mo'ljallamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
383