"Manchester Siti" uchun niderlandiyalik futbolchi zarur
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 161

"Manchester Siti" klubi "Barselona"ning niderlandiyalik futbolchisiga qiziqish bildira boshladi. Xabarlarga ko'ra, "shaharliklar" ustozi Pep Gvardiola Frenki De Yong xaridini amalga oshirishni xohlamoqda.
Hozirda Pep jamoasiga yarim himoyada yosh kuchlar zarur. Shu sabab Fernandino uchun munosib nomzod sifatida aynan De Yong ko'rilmoqda. U 2019 yilda "Ayaks"dan kataloniyaliklar safiga kelib qo'shilgan edi.
Niderlandiya terma jamosi a'zosi "Barsa" safida hozirgacha 100 dan ortiq o'yinda maydonga tushirilgan. Uning klub bilan bitimi 2026 yilgacha amal qiladi.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
379