«Bavariya» etakchisi kelasi mavsum jamoadan ketadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

Frantsiyalik vinger Kingsli Koman Myunxenning «Bavariya» klubi bilan xayrlashishga yaqin, deb xabar beradi Sky Sport nashri.
Manbaga ko'ra, yarimhimoyachi nemis grandi bilan yangi shartnoma imzolashni istamayapti. Shu munosabat bilan «Bavariya» 25 yoshli futbolchini keyingi transfer oynasida sotishni rejalashtirmoqda.
Oldinroq Kingsli faoliyatini Tumanli Albionda davom ettirishi mumkinligi xabar qilingandi. Frantsiyalik futbolchiga «Manchester Siti», «Liverpul» va «Chelsi» klublari qiziqish bildirmoqda.
Komanning myunxenliklar bilan shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirida tugaydi. Futbolchining transfer qiymati 55 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
383