Kross «Real» bilan shartnomasini uzaytirish mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Todofichajes nashri xabariga ko'ra, germaniyalik yarimhimoyachi Toni Kroos «Real» bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.
Ispaniyalik jurnalistlarning yozishicha, tomonlar muzokaraga kirishgan va kelishuvni ikki yilga uzaytirish masalasini muhokama qilishmoqda. Amaldagi amaldagi kelishuv muddati 2023 yilning o'rtalarigacha hisoblangan.
Avvalroq OAVda Tumanli Albiondan Toniga qiziqish bildirilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Kroosning transferiga «Liverpul» va «Manchester Siti» klublari qiziqish bildirmoqda.
Nemis 2014 yilning iyulidan beri «qaymoqranglilar» sharafini himoya qilib keladi. La Liganing joriy mavsumida 31 yoshli yarimhimoyachi ikkita o'yin o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
372