Dibala hikoyasi yakuniga etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 190

Argentinalik vinger Paulo Dibala va Turinning «Yuventus» klubi o'rtasidagi shartnoma uzaytirish haqidagi hikoya o'z nihoyasiga etmoqda. Tuttomercatoweb nashrining xabar berishicha, tomonlar kelishuv tafsilotlari bo'yicha kelishib olgan va kelasi oy boshida uni rasmiylashtiradi. Hamkorlik 2026 yilning o'rtalariga qadar uzaytiriladi.
Eslatib o'tamiz, 27 yoshli argentinalik futbolchining «keksa sinora» bilan amaldagi shartnomasi 2021/2022 yilgi mavsum so'ngida yakuniga etadi. Paulo 2015 yildan beri Turin klubi sharafini himoya qilib keladi.
Dibala joriy A Seriyaning oltita uchrashuvida uchta gol (bittasi penaltidan) va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
369