Qahramon Aslanov maqolasi: Sulsherni iste'foga chiqarish to'g'ri qaror bo'ladimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

"MYu" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsherning iste'fosi alohida qaror sifatida balkim eng to'g'risidir, ammo bunday qaror ortidan ikkinchi masalani ham ergashtiradi - uning o'rniga kim?
Afsuski, klub rahbariyati uchun nomzodlar u qadar ko'p emas. Antonio Konte va Zidan varianti tilga olinyapti. Zidan bunday taklifni rad etishi haqida xabarlar paydo bo'ldi, Konte esa, ba'zi xabarlarga qaraganda, "MYu" rahbariyatini to'liq qoniqtiradigan variant emas. Uning klubda ikkinchi Mourino bo'lishidan xavotirlar bor. Birinchidan, Kontening o'yin uslubi u qadar jozibador emas, ikkinchidan, xarakteri og'ir. "MYu" bosslari klub boshida hujumkor o'yin ko'rsatadigan va uzoq muddatga jamoa muhitini ijobiy ushlab turadigan murabbiyni istashmoqda.
Bunday vaziyatda men Sulsherni yil oxirigacha qoldirishni tanlagan bo'lardim. Yozda katta ehtimol bilan juda ko'p, xususan "MYu" talablariga mos keladigan murabbiylarni qo'lga kiritish imkoni paydo bo'ladi. Masalan, "Ayaks" bosh murabbiyi Ten Xaag, Pochettino yozga borib iste'fo berishi mumkin, Grem Potter bor masalan - "Brayton" ustozi. Bu murabbiylar aynan hozir "MYu"ga kela olmaydilar: "Ayaks" EChL da, "Brayton" APL da zo'r boshladi. Yozda esa, murabbiylar tanlovi "MYu" rahbarlari uchun ancha keng bo'ladi.
Yozgacha ishlashga rozi bo'ladigan, ammo vaziyatni o'nglash tajribasi bo'lgan Xiddink, Benites yoki Raneri kabi nomzodlar ayni muddao bo'lardi, lekin ular bo'sh emas. Konte esa, bunday taklifga rozi bo'lmaydi, u bilan kamida ikki yilga shartnoma imzolash kerak.
Shunchaki, Sulsherni bo'shatish uchungina xush ko'rilmagan nomzodni (Konte) tanlash samarali echim emas, nazarimda.
Qahramon Aslanov.

Bosh sahifaga
372