O'FA hakamlarning xatolari yuzasidan seminar tashkil etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

So'nggi kunlarda O'zbekiston Superligasi uchrashuvlaridagi hakamlik mavzusi keng muhokamalarni keltirib chiqarmoqda.
Shuni inobatga olgan holda, ertaga O'zbekiston futbol assotsiatsiasi tomonidan yakunlangan tur uchrashuvlari va bahsli vaziyatlar yuzasidan barcha hakamlar ishtirokida seminar bo'lib o'tadi. Unga OAV vakillari taklif etiladi.
Seminarda tur uchrashuvlaridagi barcha e'tiborli vaziyatlar atroflicha ko'rib chiqiladi, tahlil etiladi va xulosalar eshittiriladi. Yuzaga kelgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob beriladi.
Ertaga, 27 oktyabr kuni soat 9:00 da futbolni yorituvchi barcha OAV vakillarini O'FA majlislar zalida o'tkaziladigan anjumanga taklif etamiz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225