«Barselona» futbolchisi Evropaning ikki grandi e'tiboriga tushgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

Kataloniyaning «Barselona» jamoasining gollandiyalik yarimhimoyachi Frenki de Yong Evropaning ikki gigant klubi qiziqishlari doirasiga tushgan.
Goal.com portali xabariga ko'ra, yarimhimoyachi faoliyatini Angliya Premer-ligasida yoki Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin. «Manchester Siti» va «Bavariya» de Yongni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Har ikki klub joriy mavsum yakunida gollandiyalik futbolchi uchun kurashish niyatida.
Frenki 2019 yil iyul oyidan beri «ko'k-anorranglilar» sharafini himoya qilmoqda. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2026 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali ekspertlarining fikricha, uning narxi 90 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233