Ramos debyut uchrashuvini qachon o'tkazishi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

«PSJ» klubining ispaniyalik markaziy himoyachisi Serxio Ramos jarohatdan tiklanish jarayoni yakuniy bosqichiga etib keldi.
Le Parisien nashri xabariga ko'ra, 35 yoshli futbolchi o'z jamoasining umumiy guruhiga qaytishga tayyor. Markaziy himoyachi mushaklari jarohatidan so'ng nihoyat maydonga tushishi mumkin. Shu tariqa, u klub tarkibida debyutini 29-oktabr, juma kuni bo'lib o'tadigan Frantsiya chempionati 12-turidan o'rin olgan «Lill»ga qarshi o'yinda o'tkazishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, yozda «PSJ» Serxio Ramosni erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib oldi.
Sog'ligidagi muntazam muammolar tufayli ispaniyalikning parijliklar safidagi debyuti doimiy ravishda qoldirilib kelayotgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225