Mourino, Gvardiola va Konte yoxud transferlar uchun eng ko'p pul sarflagan murabbiylar (top-10)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Murabbiyning kasbi nafaqat o'yin taktikasi, balki boshqaruv funktsiyasini yoki motivatsiya qobiliyati, shuningdek futbolchi xarid qilish falsafasini ham o'z ichiga oladi. Bu ham biznes: kimdir klub tarbiyalanuvchilariga tayanadi, kimdir iqtidorlarni boshqa jamoadan izlashga harakat qiladi, kimdir pulni ayamasdan tayyor yulduzlarni sotib oladi. E'tiboringizga transferlarga katta mablag' sarflagan 10 nafar murabbiyni taqdim etamiz.
10-o'rin: Ernesto Valverde, 778 million evro

Ernesto Valverdening «Barselona» bosh murabbiyi sifatidagi faoliyati unchalik yaxshi yakun tpmadi. Bir tomondan u jamoani Ispaniya chempionatida ikki marta chempionlikka olib kelgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, zaiflashib turgan Kataloniya budjetini butunlay barbod qildi. Agar uning «Barselona»dagi faoliyati bo'lmaganida, albatta, Valverde bu reytingga kiritilmagan bo'lardi. Shunday qilib, uning qo'l ostida klub tarixidagi eng qimmat futbolchilar sotib olindi: Frenki de Yong - 75 million, Usmon Dembele - 105 million, Koutino - 118 million va Antuan Grizmann uchun rekord darajadagi 120 million to'langan.
Umuman olganda, ispaniyalik murabbiy 778 million evro sarflagan bo'lsa, uning yarmi kutilgan natijani bermadi.
9-o'rin: Unai Emeri, 797 million evro

Xoh ishoning, xoh ishonmang, Unai Emeri futbolga eng ko'p pul sarflaydiganlar orasida 9-o'rinni egallab turibdi. Murabbiy turli vaqtlarda «Valensiya», «Sevilya», «PSJ», «Arsenal» va «Vilyarreal»ni boshqargan. U Parij jamoasi tarkibida debyut mavsumini global xarid bilan boshladi: Yulian Draksler, Jovanni Lo Chelso, Gjeboj Kriixovyak, Xese va Gonsalo Guedeshni 136 million evroga sotib olgan. Ulardan qaysi biri haqiqatan ham parijliklar etakchisiga aylandi? Bu savol, ehtimol, ritorikdir. «Arsenal»da ham shunday: birgina Nikolas Pepe uchun klub 80 million evro berib, «kanonirlar» tarixidagi eng qimmat xaridga aylandi.
Endilikda faoliyati davomida 797 million evro sarflagan ispaniyalik futbolchi «Vilyarreal»ni boshqaradi va o'tgan mavsum klubi bilan Evropa ligasini qo'lga kiritdi.
8-o'rin: Arsen Venger, 869 million evro

Sobiq murabbiy Arsen Venger yosh iste'dodlarni mohirlik bilan kashf etdi, lekin jahon sahnasida yuqori darajadagi xaridlarni ham amalga oshirganligi bilan ham tarixda qolgan. «Kanonirlar» ustozi sifatida Venger ikki marta jamoani kuchaytirish maqsadida katta mablag' sarflagan. U birinchi marta Sol Kempbell, Yens Leman, Robert Pires, Patrik Viyera, Terri Anri kabi futbolchilar orqali engilmas jamoani tuzgan. Ikkinchisi – 2010 yillar o'rtalarida: O'zil, Mxitaryan, Mustafi va Aleksis Sanches. Venger butun faoliyati davomida 869 million evro sarflagan va reytingimizda 8-o'rindan joy oldi.
7-o'rin: Antonio Konte, 939 million evro
:focal(1269x319:1271x317)/origin-imgresizer.eurosport.com/2021/05/26/3140145-64358628-2560-1440.jpg)
Italiyalik Antonio Konte murabbiylik faoliyati davomida ko'plab xaridlarni amalga oshirgan. Italiyalik futbolchi jamoasini kuchaytirish uchun 939 million evroni ayamadi. «Yuventus» futbol bozorida katta transferlarni amalga oshirishni boshlaganidan so'ng, Turin klubi muntazam ravishda Chempionlar ligasida o'ynaydigan kuchli jamoaga aylandi va bunda Kontening xizmatlari katta. Keyinchalik esa Roman Abramovichning pullari Antonioning «Chelsi» murabbiylik shtabida ishlashga yordam berdi. Shunan so'ng, Konte 2 yil davomida «Inter»ni boshqardi. Turli vaqtlarda u jamoa rahbariyatiga Karlos Teves, Ngolo Konte, Alvaro Morata, Romelu Lukaku va Ashraf Hakimi kabi futbolchilarni sotib olish taklifini kiritgan.
6-o'rin: Massimiliano Allegri, 972 million evro
:focal(674x639:676x637)/origin-imgresizer.eurosport.com/2018/04/02/2305499-48008770-2560-1440.jpg)
Harajatlari hali 1 milliard evroga etmagan ushbu ro'yxatning so'nggi vakili Massimiliano Allegri hisoblanadi. Italiyalik mutaxassis moliyaviy jihatdan imkoniyatlari yuqori bo'lgan ikkita jamoa - «Milan» va «Yuventus» bilan ishlagan. Xullas, murabbiyning harakatlari evaziga Zlatan Ibragimovich 2011 yilda 24 million evro evaziga «rossonerilar» safiga kelib qo'shildi, shved futbolchisi ikki mavsumni «San-Siro»da o'tkazdi.
«Byankonerillar»da vaziyat boshqacha edi: Ronaldu, Duglas Kosta, Iguain, Joau Kanselu, Federiko Bernardeski - bu 5 yil ichida jamoaga qo'shilganlarning to'liq bo'lmagan ro'yxati, xolos. Ba'zida transferlar muvaffaqiyatsiz bo'lib chiqdi, ammo Massimiliano boshchiligidagi «Yuventus» Skudettoni qulga kiritishda penta-trikni amalga oshirdi va ikki marta Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi, afsuski, murabbiy «Barselona» va «Real Madrid»ga yutqazib qo'ygan.
5-o'rin: Diego Simeone, 977 million evro

Diego Simeone 2011 yildan beri «Atletiko»ni boshqarib kelayotganiga ishonish qiyin. Bu vaqt ichida u ikki marta «Real Madrid» va «Barselona» gegemonligini sindirib, Ispaniya chempioni bo'lishga, shuningdek, Evropa Ligasida ham ikki marta oltin medallarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Argentinalik mutaxassis bularning barchasiga nafaqat mahorati, balki 977 million evro evaziga erishgan. Madrid klubi ko'plab transferlarni amalaga oshirgan. Xususan, 2011 yilda «Portu»dan 40 million evro evaziga ko'chib o'tgan kolumbiyalik - Falkalo. Keyinchalik esa, Antuan Grizmann, Diego Kosta va Tom Lemarning ham madridliklar safiga ko'chib o'tishida mutaxassisning xizmatlari bor. «Matraschilar» tarixidagi eng qimmat xarid esa Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Joau Feliks hisoblanadi. «Atletiko» futbolchi uchun «Benfika»ga naq 113 million evro to'lagan: 10 yil ichida sarflagan mablag'larning 10% dan ortig'i aynan Feliks uchun sarflangani esa aql bovar qilmaydi!
4-o'rin: Manuel Pellegrini, 1 milliard 40 ming evro

Bu ko'pchilik uchun kutilmagan natijas bo'lishi mumkin, ammo Manuel Pellegrini o'z faoliyatida milliondan ko'proq pul sarfladi. Birinchi yuqori darajadagi kelishuvlar 2009 yilda «Real Madrid»ga o'tgan Kaka va Krishtianu Ronaldu edi. Shuningdek, «Manchester Siti»da futbolchilar Fernandino, Mangalya, Rahim Sterling, Kevin De Bryuyne kabi hozirda jamoaning asosiy tarkibi yarmini tashkil etuvchi futbolchilarni sotib oldi. Qolaversa, «Malaga»da ham bir qancha xaridlarni amalga oshirgan. Pellegrini Xitoyning «Xebey Chayna Forchun» klubida ishlaganda esa Lavessi uchun 15 million evro sarflagan.
3-o'rin: Karlo Anchelotti, 1,335 milliard evro
:focal(1486x755:1488x753)/origin-imgresizer.eurosport.com/2020/01/01/2744884-56719690-2560-1440.jpg)
1 milliard 335 ming evro - «Papa Karlo» butun faoliyati davomida transferlar uchun shuncha sarflagan. Ha, Anchelotti o'zining ideal futbolchisini qidirishda katta xaridlardan qo'rqmadi. Milanda jiddiy xarajatlar boshlandi: italiyalik Rui Kostani 41 million 320 ming evroga taklif qildi. Keyinchalik, «Chelsi»da ishlayotganida Fernando Torresni xarid qildi. «PSJ», «Real» va «Bavariya» kabi etakchi klublarda ham bir qancha trasferlarni amalga oshirgan.
O'tgan mavsum Karlo Anchelotti «Everton»da ishladi va Liverpul klubida 75 million evro sarflagan.
Joriy mavsum avvalida italiyalik «Real»ga qaytdi va «Renn» futbolchisi Eduardo Kamavingani 55 millonga sotib oldi.
2-o'rin: Pep Gvardiola, 1,457 milliard evro
:focal(1870x254:1872x252)/origin-imgresizer.eurosport.com/2019/10/18/2698350-55789310-2560-1440.jpg)
Pep Gvardiola faqatgina Manchesterdagi faoliyati davomida himoyachilar uchun 200 million evrodan ortiq mablag' sarflagan. Faoliyati davomida uning sarflagan pullari 1,457 milliard evroni tashkil etadi. «Barselona»da ispaniyalikning eng qimmat xaridi «Inter»dan 69 million 500 ming evroga ko'chib o'tgan Zlatan Ibragimovich hisoblanadi. Keyin o'yinchilar uchun xarajatlar faqat yanada o'sib bordi. «Bavariya»dagi so'nggi mavsumida Pep 90 million evrodan ko'proq mablag' sarfladi. «Siti»dagi birinchi mavsumda darhol ikki yuz million sarfladi, shundan 65 millioni himoyachilar sotib olishga ketdi. Joriy mavsum avvalida «shaharliklar» «Aston Villa»da Jek Grilishni naq 117 million evroga sotib olishdi. Bu ham klub tarixida eng qimmat trasferlar sifatida qoldi.
1-o'rin: Joze Mourino, 1,500 milliard evro

Portugaliyalik o'zining yorqin faoliyati boshidan buyon bir yarim milliard evro sarfladi. «Chelsi»da Jose juda kam pul sarfladi. Vaholanki, «Manchester Yunayted»ga kelganida, u yaxshigina xaridlarni amalga oshirgan. Xususan, Pogba – 105, Lukaku – 84, Fred – 59 va Matich – 44 million evro. Bu transferlarning ba'zilari o'zini oqlamaganini aytib o'tish kerak, lekin Mourino munosib o'yinchilarni har doim ham oqilona va ob'ektiv narxda evaziga sotib olgan.
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Bosh sahifaga
234