Muxlislar U-23 o'yinlarini stadiondan bepul tomosha qilishlari mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi OFKga yurtimiz maydonlarida bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi uchrashuvlariga tomoshabinlar bepul kiritilishi borasida so'rovnoma yubordi.
OFK va O'FAning o'zaro muzokaralaridan so'ng barcha futbol muxlislari “Paxtakor” va “JAR” maydonlarida bo'lib o'tadigan saralash o'yinlarga bepul kirishlari, O'zbekiston yoshlar terma jamoasini stadiondan turib qo'llab-quvvatlashlari mumkin bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, uchrashuvlar 27-oktyabr – 2-noyabr kunlari oralig'ida o'tkaziladi.
Manba: Telegram.me/FAUzbekistanFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222