"Milan" Braziliyadan hujumchi xarid qilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

"Milan" Braziliyaning "Internasonal" klubi hujumchisi uchun kurashga qo'shiladi. "Tuttomercato" nashrining xabariga ko'ra, "Milan" klubi 20 yoshli braziliyalik futbolchi Yuri Alberto uchun qiziqish bildira boshlagan.
Bunga jamoaning hujum chizig'idagi futbolchilar Ibragimovich hamda Jiruning o'rnini bosish zarurati sabab bo'lgan. Braziliya klubi Alberto uchun taxminan 20 million evro so'rashi mumkin.
Hujumchining jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha tuzilgan. Alberto "Internasonal" klubi safida 78 ta uchrashuv o'takazgan bo'lib, 28 gol va 5 ta assist muallifi sanaladi.
Manba: caughtofffside.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222