Oblak "Atletiko"da bu natija borasida uchinchi o'ringa chiqib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

24-oktyabr kuni sloveniyalik darvozabon Yan Oblak Ispaniya chempionatining 10-turidan o'rin olgan “Real Sosedad”ga qarshi o'yinda “Atletiko”ning asosiy tarkibida maydonga tushdi. Bu sloveniyalik uchun "matraschilar" safidagi barcha turnirlardagi 315-o'yin bo'ldi, deb xabar beradi Sport.es portali.
Ma'lumotlarga ko'ra, Oblak o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha "Atletiko" tarixidagi uchinchi xorijlik futbolchiga aylanib oldi. Bu ko'rsatkich bo'yicha, darvozabon kolumbiyalik himoyachi Luis Pereani (314 o'yin) ortda qoldirdi.
Madrid klubi safida Oblak faqatgina 333ta o'yinda maydonga tushgan braziliyalik Filipe Luis va 389ta "Atletiko" libosida o'yin o'tkazgan urugvaylik Diego Godindan ortda qolmoqda.
Oblak Madrid klubi safida 315ta o'yin o'tkazib, 224ta gol o'tkazib yuborgan va 163 marta o'z darvozasi dahlsizligini ta'minlagan.
Futbolchi 2014-yildan buyon “matraschilar” safida to'p surmoqda, u Lissabonning “Benfika” klubidan 16 million evro evaziga ko'chib o'tgan edi. Sloveniyalik darvozabonning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilning iyunigacha amal qiladi.
Manba: Championat.com
Bosh sahifaga
359