Zidan va Konte. «Manchester Yunayted»ni kim qutqaradi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 189

OAVda Ole-Gunnar Sulsherning «Manchester Yunayted»dagi faoliyati yakunlanib borayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Norvegiyalik murabbiy jamoa bilan qariyb uch yildan beri ishlayapti, biroq «qizil iblislar» o'yinida haligacha jiddiy o'zgarishlar ko'rinmayapti. Sulsher Manchester klubining darajasi va ambitsiyalariga to'g'ri kelmasligi haqidagi gap-so'zlar anchadan beri davom etmoqda. «Liverpul»dan uchralgan 0:5 hisobidagi mag'lubiyat faqatgina o'zgarish zarurligini ta'kidlaydi. Ammo Sulsherdan keyin «Manchester Yunayted»ni kim boshqaradi? «Stadion.uz» nashri asosiy nomzodlar haqida fikr yuritadi.
Antonio Konte
:focal(1269x319:1271x317)/origin-imgresizer.eurosport.com/2021/05/26/3140145-64358628-2560-1440.jpg)
Birinchi raqamli nomzod - Antonio Konte. Mish-mishlarga ko'ra, italiyalik mutaxassisningo'zi ham «Manchester Yunayted»da ishlashga qarshi emas, 52 yoshli murabbiyning o'zi ham bunga qiziqayotgani aytilmoqda. Nega endi yo'q? Antonio ingliz futbolini biladi - italiyalik Britaniyada ikki mavsumni «Chelsi» ustozi sifatida o'tkazdi va birinchi mavsumning o'zidayoq jamoaga chempionlik unvonini olib berdi. «Manchester Yunayted» - katta nomga ega va juda ko'p imkoniyatlarga ega klub, bu Kontega mos keladi. Agar Antonio 2013 yildan beri Angliya chempioni bo'lmagan «qizil iblislar»ni APL oltin medallariga etaklay olsa, bu uning futbol olamidagi mavqei va obro'siga ijobiy ta'sir qiladi.
Antonio Konte bilan bog'liq vaziyatda ko'p narsa gleyzerlarning shunday kuchli xarakterga ega murabbiyni taklif qilmoqchimi yoki yo'qligiga bog'liq. Ole-Gunnar Sulsher klub rahbarlari uchun etarlicha qulay murabbiy, Konte esa unga mutlaqo qarama-qarshi. Italiyalik so'ramaydi, balki talab qiladi. Konte moliyaviy muammolar tufayli etakchilarni sotish kerak bo'lgan sharoitda jamoani qayta tiklashga rozi bo'lmay, chempionlikdan so'ng «Inter»ni tark etdi. Bu ko'p narsadan dalolat beradi.
Zinedin Zidan

Yana bir nomzod - Zinedin Zidan. «Manchester Yunayted» frantsiyalik futbolchi bilan muzokara haqidagi mish-mishlar o'tgan haftada, ya'ni «Liverpul» bilan bahsdagi muvaffaqiyatsizlikdan oldin paydo bo'lgandi. Aytishlaricha, «qizil iblislar»ning Zidan bilan aloqalariga Madridda Zinedin bilan birga ishlagan Krishtianu Ronaldu yordam bergan. OAVning so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, Zidan «Manchester Yunayted»ni qabul qilishni istamayapti. Sababi frantsiyalik mutaxassisning hali murabbiylikka qaytishni istamagani aytilmoqda. Agar shunday bo'lsa, Zinedinni «qizil iblislar» ruliga kelishini, klub rahbarlariga ishontirish qiyin bo'ladi.
Avvalroq matbuotda Zinedin Zidan Frantsiya terma jamoasini boshqarish imkoniyatini kutishi aytilgandi. Evro-2020dagi omadsizlikka qaramay, Frantsiya federatsiyasi Dide Deshamga ishonch bildirdi va u keyinchalik Millatlar ligasida g'olib chiqdi. To'g'ri, musobaqa unchalik nufuzli sovrin emas, ammo baribir rasmiy kubok. Desham jahon chempionati oldidan ketishi dargumon. Zinedin Zidan hech bo'lmaganda yana 14 oy kutishga tayyormi yoki klub darajasidagi karerasini boshlashga qaror qiladimi?
Boshqa variantlar
Agar Antonio Konte va Zinedin Zidan «Manchester Yunayted»ga qat'iy «yo'q» desa, klubda muammolar paydo bo'ladi, chunki klubsiz obro'li murabbiylar yo'q. Ernesto Valverde, Kike Seten, Paulo Fonseka, Andre Villash-Boash, Yurgen Klinsmann va Lyusen Favr bor, ammo ularning saviyasi «qizil iblislar»ning ambitsiyalariga deyarli mos kelmaydi.
:focal(1383x604:1385x602)/origin-imgresizer.eurosport.com/2019/11/23/2722723-56276490-2560-1440.jpg)
Ueyn Runi nisbatan oddiyro «Derbi»da ishlamoqda va natijalari ham yomon emas. Uni jamoaga taklif qilish unchalik qiyin bo'lmasa kerak, ammo «Manchester Yunayted» sobiq futbolchini taklif qilib, «Milan», «Chelsi» va «Yuventus» kabi futbolchilarning xatosini takrorlashi mumkin. Sababi, Runi hali ham Frenk Lempard, Jennaro Gattuzo va Andrea Pirlo kabi murabbiylik mahorati unchalik katta emas.

Eddi Xou yaxshi variant bo'lib tuyulishi mumkin. Bu yosh mutaxassis «Bornmut» klubi Premer-ligaga qaytib, musobaqada ko'plab ajoyib uchrashuvlar o'tkazdi va murabbiy maqtovga sazovor bo'ldi. Ammo, «Manchester Yunayted» ... Xouning bu darajaga chiqishiga, Sulsherdan yaxshiroq ishlashiga shubha qilishi mumkin.
Yozda Ukraina terma jamoasini tark etgan Andrey Shevchenko hamon biror bir joyda ish boshlashga ulgurmadi. Bu ambitsiyalarga ega va katta tajribaga ega yosh murabbiy. U Ukraina terma jamoasiga zamonaviy futbolni singdirdi. To'g'ri, uni «Manchester Yunayted»da ish boshlashini tasavvur qilish juda qiyin. Chunki, murabbiylik faoliyatidagi birinchi klub va darhol yuqori o'rinlarni egallash...
Juda qiyin
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Bosh sahifaga
358