"Shaharliklar" murabbiyi APLdagi raqiblari haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

"Manchester Siti" klubi ustozi Pep Gvardiola APLdagi raqiblari haqida fikr bildirdi. U "Sky Sports" kanaliga intervyu berar ekan:
"Bu mening Angliyadagi oltinchi mavsumim. Har bir yilda oldingisiga qaraganda kuchliroq bo'lishni talab etadi. Musobaqada top murabbiylar klublarni boshqarmoqda. "Arsenal" o'smoqda. Ular hozirga kelib atigi bitta o'yinda g'alaba qozonib, bizga etib olish imkoniyatiga ega. "Chelsi", "Liverpul" hamda "MYu". Ularning hammasi yuqori darajaga ega. Men dunyodagi eng yaxshi ligada ekanimdan va shu erda yashayotganimdan baxtiyorman. Bu menga iftixor tuyg'usini baxsh etmoqda", - deb o'z fikrlarini yakunlaydi.
"Shaharliklar" hozirda liga kubogi doirasida "Vest Xem" bilan to'qnashuvga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Manba: futaa.com
Bosh sahifaga
398