"Arsenal"ning ijaradagi futbolchisi "PSJ"ga qarshi bahs haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

"Marsel" klubi himoyachisi Uillyam Saliba "PSJ"ga qarshi kechgan bahs haqida gapirdi. U bu haqda shunday deydi:
"Bu juda ham yaxshi o'yin bo'ldi. Raqib o'z golini offsayddan urdi. Keyin esa biz ham gol urdik. Ammo u ham o'yindan tashqari holatda urilgan deb topildi. O'yin har ikki tomonga ham ko'plab vaziyatlar taqdim etdi. Ularning bir o'yinchisiz qolishi, bizga g'alabaga umid bergandi. Ammo raqib durangni saqlab qola oldi. Biz o'z o'yinimizni ko'rsatishda davom etamiz. Hali hammasi oldinda".
20 yoshli frantsiyalik futbolchi yozda "Arsenal"dan "Marsel"ga bir yillik ijara asosida kelgan edi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
388