"Barselona" Ryudiger bilan aloqaga chiqdi. Ammo...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

Kataloniyaliklar himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi.
Ispaniyaning "SER" nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona" jamoasi "Chelsi"ning kelasi yozda erkin agentga aylanishi kutilayotgan himoyachisi Antonio Ryudigerga qiziqish bildirmoqda. Klub futbolchining agenti bilan dastlabki uchrashuvni o'tkazdi. Unga ko'ra, germaniyalik yiliga 12 million evro sof maosh olish niyatida va qaysi klub bu summani to'lashga tayyor bo'lsa, o'sha jamoaga o'tmoqchi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq futbolchiga "Real Madrid", "PSJ" va "Manchester Siti"dan takliflar borligi ma'lum qilingandi.
Manba: SERFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243