Belgrad-2021. O'zbekistonlik sportchi JChni g'alaba bilan boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

Serbiyada boks bo'yicha jahon chempionatiga start berildi. Bugun 2ta vazn toifasida janglar bo'lib o'tmoqda.
67 kg. vaznda Belgradga tashrif buyurgan Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev 1/32 final bosqichi doirasida irlandiyalik Eugen Brenden MakKiverga qarshi ringga ko'tarildi. Hamyurtimiz 3 raund davomida to'liq ustunlikka erishdi. Uning zarbalari aniq, zalvorli va son jihatdan ko'proq bo'ldi. Asadxo'ja raqibini o'ziga yaqinlashtirmagan holda, olis masofadan zarba berishga intildi. Ushbu taktika unga muvaffaqiyat olib keldi — 5:0 (30:27, 30:27, 30:27, 30:27, 29:28).
Mo'ydinxo'jaev nimchorak final yo'llanmasi uchun falastinlik Ahmed Hararaga qarshi ringga ko'tariladi. Bu jang 28 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246