«Barselona» Maradona xotirasiga bag'ishlab uchrashuv tashkil qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162

«Barselona» va «Boka Xuniors» 2020 yilning noyabr oyida vafot etgan Diego Maradona xotirasiga bag'ishlangan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.
O'yin 14 dekabr kuni Ar-Riyodda bo'lib o'tadi va afsonaviy argentinalik futbolchi vafotining bir yilligiga bag'ishlanadi.
Maradona «Boka Xuniors» safida ikki marta – avvaliga 1981-1982, keyin esa 1995-1997 yillarda o'ynagan.
1982 yilda argentinalik futbolchi «Barselona»ga ko'chib o'tdi va u erda 1984 yilgacha faoliyat olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
386