Bir necha soat ichida barchasi hal bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 367

«Inter» sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte «Manchester Yunayted»ni boshqarishi mumkin.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, yaqin soatlar yoki kunlarda ingliz klubi rahbariyati «Yunayted»ning amaldagi ustozi Ole-Gunnar Sulsherning kelajagi haqida qaror qabul qiladi.
Agar norvegiyalikni ishdan bo'shatish to'g'risida qaror qabul qilinsa, Konte «qizil iblislar» boshqaruviga keladi.
Shu daqiqagacha klub vakillari va murabbiy o'rtasida hech qanday muzokara bo'lmaganligi qo'shimcha qilinadi.
Eslatib o'tamiz, kecha «Manchester Yunayted» o'z maydonida «Liverpul»ga 0:5 hisobida mag'lub bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
360