Marselo qaysi klubga o'tmoqchiligi aytildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 337

«Real»dagi o'rnini yo'qotgan qanot himoyachisi Marselo El Nacionaljurnalistlarining xabar berishicha, futbolchi faoliyatini o'z yurtida davom ettirish niyatida.
33 yoshli braziliyalik futbolchi qishki transfer oynasida «Fluminense»ga o'tishni rejalashtirmoqda. Ta'kidlash joizki, himoyachi va qirollik klubi o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2022 yilning yozigacha hisoblangan.
Madrid jamoasi tarkibida Marselo 2007 yilning yanvaridan buyon o'z faoliyatini olib bormoqda. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida tajribali himoyachi faqat bitta uchrashuvda qatnashdi, maydonda atigi ikki daqiqa vaqt o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237