Saloh Drogbaning APL rekordini yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh kecha «Manchester Yunayted»ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etib, Angliya Premer-ligasi rekordini o'rnatdi. Uchrashuv «Old Trafford» stadionida bo'lib o'tdi va mersisaydliklarning yirik 5:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Misrlik hujumchi Premer-ligadagi gollari sonini 107 taga etkazdi. Muhammad Premer-ligada gol urish bo'yicha afrikalik rekordchiga aylandi. U 104 ta gol urgan «Chelsi»ning sobiq hujumchisi Dide Drogbaning yutug'idan o'zib ketdi.
2021/2022 yilgi mavsumda Saloh 12 ta o'yinda qatnashib, 15 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200