"Turon" jamoasi bosh murabbiyi Igor Shkvirin o'z hohishiga ko'ra lavozimidan ozod etildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

Yaypanliklar Superliganing 23-turi doirasida Toshkentning "Bunyodkor" klubiga imkoniyatni boy berdi. Kuni kecha "Turon" klubi rahbariyati va murabbiylar shtabi vakillari ishtirokida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi va jamoa tomonidan qayd etilayotgan qoniqarsiz natijalar tanqidiy ko'rib chiqildi. Mazkur yig'ilish yakunida, jamoa bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgan Igor Anatolevich Shkvirin hohishiga ko'ra iste'foga chiqarildi va klub bilan do'stona xayrlashdi.
"Turon" futbol klubi iste'dodli mutaxassis Igor Shkviringa jamoamizdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirgan xolda unga kelgusida muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilab qoladi", - deyiladi xabarda.
"Turon" matbuot xizmati
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
263