Mourino: "Nega meni chetlatishganini bilmayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Italiya chempionati 9-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Roma" "Napoli" bilan durang o'ynadi (0:0).
Rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino o'yin natijasiga to'xtalib o'tdi va o'yin oxirida o'ziga berilgan qizil kartochka haqida gapirdi.
“Nega menga qizil kartochka berilganini bilmayman. Men faqatgina hakamning bir fikrga qo'shilmadim, lekin hech qanday haqorat qilganim yo'q edi. Biroq, menimcha, hakam bahsda yaxshi ishladi.
Bu ajoyib o'yin bo'ldi. Adolatli natija. Hammaga qiyin bo'ldi. O'yin yuqori saviyada, shiddat, kontsentratsiya va raqibga hurmat bilan o'tdi. Hech qaysi jamoa uyga to'liq xursand bo'lib qaytmayapti, ammo natija ob'ektiv bo'ldi deb o'ylayman", - dedi Mourino.
"Roma" 16 ochko bilan A seriya turnir jadvalining 4-pog'onasida bormoqda. Joze Mourino shogirdlarining navbatdagi o'yini 27 oktyabr kuni "Kalyari" bilan safarda kechadi.
Manba: Sport-Box.ru
Bosh sahifaga
221