Karikatura. Saloh APLning eng yaxshi afrikalik to'purariga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 178

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Angliya chempionatining 9-turida bo'lib o'tgan «Manchester Yunayted»ga qarshi o'yinda (5:0) "xet-trik" qayd etdi.
Misrlik futbolchining Premer-liga doirasida gollari soni 107taga etdi va Liga tarixidagi eng yaxshi afrikalik legionerga aylandi. Saloh bu natijaga 167ta o'yinda erishdi.
Shu paytgacha bu boradagi rekord «Chelsi» klubining sobiq forvardi Dide Drogbaga tegishli edi (254ta o'yinda 104ta gol).
Mashhur futbol karikaturachisi Umar Mo'maniyning yangi ishini taqdim etamiz.

"Saloh APLda Drogbani ortda qoldirib eng yaxshi to'purarga aylandi", - deb yozdi Mo'maniy Instagram sahifasida.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211